Buy/Sell/RentServicesReal EstateEventsUzbekistan JobsBusinesses

Globallashuv tendensiyasiga moslashish uchun TIENS guruhining yangi tadqiqotlari, Uzbekistan

Uzbekistan

-

Globallashuv tendensiyasiga moslashish uchun TIENS guruhining yangi tadqiqotlari

Uzbekistan

-

Uzbekistan - , Uzbekistan

Directions to Globallashuv tendensiyasiga moslashish uchun TIENS guruhining yangi tadqiqotlari, Uzbekistan

Add/Edit Images

Jobs near Uzbekistan and Coupons

Uzbekistan Tel: -

Share/Edit an image. Directions to Globallashuv tendensiyasiga moslashish uchun TIENS guruhining yangi tadqiqotlari Uzbekistan

Globallashuv tendensiyasiga moslashish uchun TIENS guruhining yangi tadqiqotlari is located at Uzbekistan - Uzbekistan Uzbekistan

Get your expert high-quality articles on published on multiple partner sites.

Globallashuv tendensiyasiga moslashish uchun TIENS guruhining yangi tadqiqotlari

2021-yil 3-avgustda (Xitoy standart vaqt mintaqasi), TIENS Group tashkil etilganining 26

yilligi munosabati bilan “Bir makon, bir yoʻl: COVID-19dan keyingi davrda sogʻliqni

saqlash sanoatini rivojlantirish forumi”ni tashkillashtirdi va xalqaro sogʻliqni saqlash

sanoatining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyasini muhokama qildi. Maʼlum qilinishicha, 1995-yilda tashkil topgan, 1997-yildan Li Jinyuan boshchiligida jahon bozorini kengaytira

boshlagan va 26 yildan buyon jahonning yirik sog'liqni saqlash sanoatida ish olib borayotgan

TIENS Group global sogʻliqni saqlash sanoatini rivojlantirishda yetakchi rol oʻynaydi.

Forumda berilgan maʼlumotlariga koʻra, TIENS Rossiya, Chexiya va Nigeriyada logistika

omborlariga ega boʻlib, Osiyo, Evropa va Afrikani qamrab oluvchi ishonchli global taʼminot

zanjiri tizimini yaratishga muvaffaq boʻlgan. Shuni aytib oʻtish joizki, TIENS dunyoning

koʻplab hududlarida, shu jumladan Efiopiya va Vetnamda ishlab chiqarish bazalarini tashkil

qilgan. Bundan tashqari, TIENS Group AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya va

Fransiya kabi 224 ta mamlakat va mintaqaga kuchli taʼsir koʻrsatadi.

TIENS Group oʻzining kuchli logistika tarmogʻi orqali dunyo boʻylab mamlakatlarga

sogʻliqni saqlash mahsulotlarini yetkazib berar ekan, butun dunyo boʻylab millionlab

oilalarga sogʻliqni saqlash mahsulotlarini yetkazib beradigan, yangi global transchegaraviy

ijtimoiy savdo platformasi JTMMni ishlab chiqdi. TIENS oʻzining ulkan yutugʻiga kuchli

C2C modeli orqali erishdi va bu model koʻra xaridorlarning ishtiroki va fikr-mulohazalari

mahsulot va xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirish uchun ijobiy aylanma tizim

hisoblanadi. Hozirgi kunda bu koʻp millatli kompaniya 10 000 ga yaqin doimiy ishchilar va dunyo

boʻylab 47 milliondan ortiq oilaviy isteʼmolchilarga ega. TIENS ijtimoiy tarmoqqa

asoslangan transchegaraviy toʻgʻridan-toʻgri sotish strategiyasiga asoslangan istiqbolli

transendent nazariyasidan, shuningdek, elektron tijorat platformasi JTMMdan (yaʼni “Bir

tana - koʻplab qanotlar” strategiyasi) global sogʻliqni saqlash sanoatidagi biznesini

rivojlantirishda foydalanishda davom etmoqda, shunga muvofiq transchegaraviy biznesda

jahon yetakchisiga aylandi. 3-avgust kuni jahon sogʻliqni saqlash sanoatining yetakchilaridan biri, TIENS Group raisi Li

Jinyuan forumda sogʻliqni saqlash sanoatining yoʻnalishini belgilab beruvchi qimmatli

fikrlarini taklif qildi. TIENS “Bir tana - koʻplab qanotlar” strategik andozasiga amal qilgan

holda Internet gʻoyasidan transchegaraviy elektron tijorat, yirik sogʻliqni saqlash sanoati, xalqaro sayyohlik agentliklari va jahon miqyosdagi doʻkonlari kabi har xil biznes turlarini

rivojlantirishga tatbiq etada hamda global yirik sogʻliqni saqlash sanoatining rivojlanishini

boshqarishda davom etadi. Bundan tashqari, forum Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va

boshqa mamlakatlarda sogʻliqni saqlash sanoatining rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va

oʻzaro manfaatli maqsadlarga erishish yoʻlida koʻproq korxonalar uchun qimmatli tajriba

almashish imkoniyatlarini taqdim etadi.

“Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi ilgari surilganidan beri, Xitoyning koʻplab korxonalari

savdo va marketing amaliyotlari orqali jahon miqyosiga chiqa boshladilar. Innovatsiya, samaradorlik va ish sifati yutuqlari tufayli Xitoy brendlari Xitoyning jahon fabrikasi va jahon

savdo ekotizimi sifatida obroʻsidan maksimal darajada foydalanmoqdalar. Xitoy korxonalari

tobora oʻzgarib borayotgan dunyo bilan integratsiyalashib, asta-sekin bilan tubdan oʻzgarib

borayotgan global ekotizimning bir qismiga aylanmoqda. Rivojlanayotgan tarmoqlar orasida

yiirk sogʻliqni saqlash sanoati, albatta, eng koʻp kuzatiladigan sanoatlardan biri hisoblanadi. TIENS 26 yildan buyon yirik sogʻliqni saqlash sanoatiga sodiq boʻlib kelgan holda, dunyoning 224 ta mamlakat va mintaqasida oʻz biznesini rivojlantirmoqda. TIENS “Bir

makon, bir yoʻl” tashabbusida faol ishtirok etib, butun jamiyat uchun innovatsiyalari ilgari

surishda davom etmoqda. Hozirgi kunda innovatsiyalar global korxonalar muvaffaqiyatini taʼminlovchi omillardan

biridir. Oʻtgan 26 yillik faoliyati davomida TIENS innovatsiyalar va takomillashtirilgan

ishlanmalarga boʻlgan qatʼiyligini koʻrsatdi, mahsulot aralashmalarini diversifikatsiya qilib, sogʻliqni saqlash sanoatida jahon yetakchisiga aylandi. Bu davrda TIENS Group koʼp

tarmoqli oʻzaro aloqalar orqali global sogʻliqni saqlash sanoatida brendini rivojlantirishga

eʼtibor qaratdi. Hozirgi vaqtda TIENS Group oʻz biznesini dunyo boʻylab jadal kengaytirmoqda va har

qachongidan ham kuchli mavqega ega. Vaqt oʻtishi davomida TIENS JTMM elektron tijorat

platformasini yanada takomillashadi va global xizmatlarni taklif qila boshlaydi. TIENS Group raisi Li Jinyuan “TIENS boy tajriba toʻpladi, toʻsiqsiz kanallarni barpo etdi, koʻplab xaridorlarni toʻpladi va mashhur brendga aylandi. Umid qilamizki, biz dunyoda

yangi choʻqqilarni zabt eta olamiz va sogʻliqni saqlash sanoatining yirik ishtirokchisi sifatida

oʻz mavqemizni mustahkamlaymiz” — deya taʼkidlab oʻtdi.

Edited By Globallashuv

Advertise here

Reviews of Globallashuv tendensiyasiga moslashish uchun TIENS guruhining yangi tadqiqotlari, Uzbekistan

Popular Fonolive Groups

Coronavirus - Questions and Answers New York City NY United States
Coronavirus - Questions and Answers (179 members)
New York City NY United States
Black Lives Matter - Making History New York City NY United States
Black Lives Matter - Making History (178 members)
New York City NY United States
Ambazonians Fight For Freedom New York NY United States
Ambazonians Fight For Freedom (92 members)
New York NY United States
Jobs near Uzbekistan


Copyrights © 2021 Fonolive. All Rights Reserved.